Qashqadaryoda kelib chiqishi nomaʼlum boʼlgan 700 kg hayvon goʼshti aniqlandi.

 

Qashqadaryoda kelib chiqishi nomaʼlum boʼlgan 700 kilogramm hayvon goʼshtini ortib ketayotgan Damas aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati IIB va YHXB xodimlari tomonidan Koʼkdala tuman hududidagi “Umakay” muntazam YPX maskanida Surxondaryo-Toshkent yoʼnalishi boʼylab harakatlanib kelayotgan, fuqaro B. T. boshqaruvidagi Damas toʼxtatib tekshirilgan.

Аvtomobil saloni koʼzdan kechirilganda, unda veterinariya maʼlumotnomalarisiz, kelib chiqishi nomaʼlum boʼlgan taxminan 700 kilogramm ogʼirlikdagi hayvon goʼshti borligi aniqlangan.

Shundan soʼng, goʼsht mahsulotlarining sifatini aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasiga topshirilgan.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

BO`LIMLAR

Soʼnggi yangiliklar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash