Internet o`chirilgan Manipur qorong`ida yonmayotganmikan?
4-maydan beri Hindiston hukumati qotillik, zo`rlash va o`t qo`yish holatlarini yashirib, Manipurda internetni o`chirib qo`ydi.
Voqiya nimadan boshlandi:
Bir oydan beri Meitei jamoasi va Kuki-Zo o`rtasi boshlanagan to`qnashuvlar sabab Hangshining oilasi Hindistoning shimoli-sharqidagi Manipur shtatinng Kangpokpi tumanidagi yordam lageriga kelib joylashishdi. O`sha kuni to`qnashuvlar lagerdan bil mil narida boshlangan edi. Hangshing suv olish uchun tashqariga chiqandi. U lagerga qaytib kelganida, u birinchi qavat derazasidan kenja farzandi Tongsingni xursandchilik bilan qo`l silkitganini ko`rdi. Va birdan qattiq ovoz eshitildi. Bolakay yerga yiqildi.
Bolaning otasi Hangshining bu voqiyalarni eslar ekan:”Bu adashgan o`q bo`lishi mumkin emas edi” deydi. O`q qizning bosh qismini yaralagan edi. Hangshing “Men bu snayper bo`lganiga shubha qilmayman” deydi.
Ammo uni o`ldirgan o`q emas edi.
Hanshing uyga bolasining yaralagan tanasi oldiga yetib kelganida Tonsing hamon nafas olayotgan edi, lekin juda ko`p qon yoqotgan edi. Tez yordam mashinasi yetib keldi, bolasini ayolli hamrohligida Imfal shahridan 10mill uzoqlikda joylashgan kasalhonaga olib ketishdi….
Afsuski yo`lda pistirma bor edi. Ko`zlari qonga to`lgan jangarilar tez yordam mashinasiga hujim qilib, mashinaga o`t qo`yib yuborishdi. Tonsing va uning onasi Meena tiriklayin yoqib yuborildi. |
Ikki begunoh insoning shafqatsiz o`ldirilishi Hindiston bo`ylab, hatto butun dunyo bo`ylab paydo bo`lishi kerak bo`lgan DAXSHATDIR. Xanshing hikoyasi butun Manipurni qamrab olgan, internet o`chirilishi tufayli bir necha oy o`tkach endigina chiqmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda 180kishi halok bo`lgan, 60,000dan ortiq odam boshpanasiz qolgan. Hukimat zo`ravonlikni nazorat qilolmagandan so`ng internetni shunchaki o`chirib qo`ydi. Manipur zulmatda yondi, uch oy ichidan.
Ma`lumot o`rnida aytib o`tish joizki Meitei jamoasi hindular va 28%tashkil qiluvchi kuki jamoasi nasroniylar bo`lib oralaridagi aloqalar uzoq vaqtdan beri sovuq bo`lib kelgan.
Isabek_Major