Qariyalar uyidagi yashirin «qamoqxona» va noqonuniy faoliyatlarni fosh qilish – 2-qism

Jurnalistik surishtiruvlarimiz davomida qariyalar uyida sodir bo‘layotgan noqonuniy va inson qadr-qimmatini yerga uruvchi qator holatlarni fosh qilishda davom etmoqdamiz. Bu safar, qariyalar uyiga qayta tashrif buyurganimizda, ma’muriyat o‘z jinoyatlarini yashirishga harakat qilayotganiga guvoh bo‘ldik. Ammo biz, huquqni himoya qiluvchi va adolat talab qiluvchi jamoamiz bilan birgalikda, haqiqatni yashirishga urinishlarini ochiq namoyon qildik.

Yashirin «qamoqxona» va qonunga zid faoliyatlar

Surishtiruv davomida qariyalar uyi ma’muriyati yerto‘lada maxsus «qamoqxona» tashkil qilib, qariyalarni majburiy saqlash, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik o‘tkazishda davom etayotganligi aniqlandi. Ular yerto‘lada maxsus “qamoqxona”ni tashkil etgan bo‘lib, bu joyda qariyalar va nogironlarni ruhiy tahqir ostida saqlaganliklari qayd etilgan. Ikkinchi tashrifimiz davomida ushbu qamoqxona yashirishga urinishganiga qaramay, biz bu jinoyatni yana bir bor fosh qildik.

Noqonuniy spirt savdosi va ma’muriyatning aralashuvi

O‘tkazilgan surishtiruv natijasida qariyalar uyiga juda yaqin joylashgan kichik dorixona orqali qariyalarga noqonuniy tarzda spirt mahsulotlari sotilayotganini aniqladik. Qizig‘i shundaki, bu dorixona qariyalar uyi direktori o‘g‘liga tegishli ekanligi, u orqali noqonuniy tarzda spirtli ichimliklar sotilayotganini ko‘rsatadi. Bu dorixona orqali sotilayotgan spirt qariyalarning ichkilikka berilishiga, ularda ruhiy va jismoniy zaiflashuvga sabab bo‘lmoqda.

Mahalliy hokimiyatning aralashuvi

Qariyalar uyidagi ushbu og‘ir sharoitlar va noqonuniy faoliyatlar mahalliy hokimiyat e’tiboridan chetda qolmadi. Ushbu masalani batafsil o‘rganish uchun hokimiyat tomonidan zam. hokim bizga hamrohlik qildi. Bu tashrif davomida qariyalar uyi ma’muriyati tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning to‘liq tasdiqlanishiga yana bir bor guvoh bo‘ldik.

Qariyalarning Prezidentga murojaatlari

Qariyalar uyida yashovchi qator insonlar Prezidentga shikoyat xatini yozishganini, bu xatni topshirishni orzu qilishlarini bildirgan holda, bizga taqdim etishdi. Bu holat qariyalar uyida davom etayotgan buzg‘unchilik va inson qadr-qimmatiga zid amaliyotlarning qanchalik jiddiyligini yana bir bor ochib beradi. Qariyalarning shikoyat xati va ularning ayanchli holati, davlatimiz rahbariyatiga yetib borishi, ularga yordam ko‘rsatilishi va qariyalar uyi ma’muriyatining javobgarlikka tortilishi lozim.

Jurnalistik surishtiruv va mas’uliyat

Bizning maqsadimiz – adolatni tiklash, davlat va xalq e’tiborini qariyalar uyi kabi ijtimoiy muassasalarda sodir bo‘layotgan huquqbuzarliklarga qaratishdir. Ushbu muassasalar, aslida, o‘z ishlarini qonuniy asosda va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilgan holda olib borishi lozim. Ammo ushbu surishtiruv davomida ko‘rdikki, ma’muriyat tomonidan odamlar ustidan noqonuniy tarzda tahqirlar o‘tkazilmoqda.

Davlat va mahalliy hokimiyat vakillarini ushbu holatga alohida e’tibor qaratishga, qariyalar va nogironlar huquqlarini himoya qilish yo‘lida jiddiy chora-tadbirlar ko‘rishga chaqiramiz. Qariyalar uyi ma’muriyati qonuniy javobgarlikka tortilishi, bunday huquqbuzarliklarning oldi olinishi uchun adolat va insonparvarlik tamoyillari ustuvor bo‘lishi zarur.

Ushbu surishtiruv davom etmoqda. Haqiqat oshkor bo‘lguncha, biz o‘z faoliyatimizni to‘xtatmaymiz, va xalqimizni mazkur holatlardan xabardor qilib turishni maqsad qilganmiz.|

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash