O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasi: Namanganda uchinchi Xalqaro maqom san’ati anjumani ochildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida uchinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimida ishtirok etib, nutq soʻzladi. Tadbirda 80 dan ortiq davlatdan 250 ga yaqin madaniyat va sanʼat vakillari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari qatnashmoqda.
O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasi: Namanganda uchinchi Xalqaro maqom san’ati anjumani ochildi
NAMANGAN, 23-iyun. Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi madaniy diplomatiyasi o‘zining navbatdagi yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida uchinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanining ochilish marosimida ishtirok etib, nutq soʻzladi. Davlatimiz rahbari maqom sanʼati qalblarni birlashtiradigan, odamlarga ezgulik ulashadigan maʼnaviyat koʻprigi ekanini alohida taʼkidladi.

Global e'tirof va xalqaro hamkorlik maydoni
Qayd etilganidek, yurtimizda doimiy tus olgan ushbu anjuman maqom sanʼatining umumbashariy nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan muhim xalqaro maydonga aylanib bormoqda. Bugungi kunda O'zbekiston xalqaro madaniy aloqalar markaziga aylanganining yorqin dalili sifatida tadbirda UNESCO, ICESCO, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti hamda TURKSOY kabi nufuzli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda. Shuningdek, 80 dan ortiq davlatdan 250 ga yaqin madaniyat va sanʼat vakillari tashrif buyurgani ushbu anjumanning global ahamiyatini ko'rsatadi.

Namangan diyorining bunyodkorlik salohiyati xalqaro darajada o'z ifodasini topmoqda. Shu kunlarda Namanganda 65-xalqaro gullar festivali ham yuksak saviyada oʻtayotgani qayd etildi. Xususan, joriy yilda hududda 150 million tupdan ortiq gul koʻchatlari oʻtqazilib, bu natija xalqaro miqyosda tan olingani va “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritilgani eʼtirof etildi.
Xalqaro miqyosdagi yangi va yirik tashabbuslar
Davlatimiz rahbari UNESCO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan maqom oddiy musiqa emas, balki millat xotirasi ekanligini taʼkidlab, qator yangi xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi:
-
Yangi Toshkentda barpo etilayotgan muhtasham Maqom markazini Dunyo maqom markazi deb nomlash hamda uning qoshida Xalqaro maqom akademiyasini tashkil etish taklif qilindi.
-
Markaz qoshida dunyo miqyosidagi noyob musiqiy qoʻlyozmalar, tovush yozuvlari va nota arxivlarini jamlagan Xalqaro raqamli kutubxona va laboratoriya tashkil etiladi.
-
Jahon maqom antologiyasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.
-
Maqom ilmini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida xalqaro jamgʻarma tashkil etish taklif etildi.

Bundan tashqari, “Shashmaqom”ning 6 ta yoʻnalishi boʻyicha hududlarda “Maqom yoʻli” madaniy-turistik marshruti yaratilishi va qator tarixiy shaharlarimizda turizm-tematik koʻchalar tashkil etilishi ma'lum qilindi. Yurtimizda maqom asarlarining oltin fondini yaratib kelayotgan Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambliga milliy davlat ansambli maqomi berilishi e'lon qilindi.
Nutq yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev anjuman ishtirokchilariga yutuqlar tilab, anjumanni ochiq deb e'lon qildi hamda milliy terma jamoamizning jahon chempionatidagi ishtiroki haqida toʻxtalib, futbolchilarimiz xalqimizning 34 yillik orzusini roʻyobga chiqarganini taʼkidladi va ularga omad tiladi.

Tez-tez so‘raladigan savollar
Sizning reaktsiyangiz qanday?
Yoqdi
1
Yoqtirmadim
0
Sevgi
0
Kulgili
0
Ajoyib
0
Xafa
0
G‘azablangan
0
Sharhlar (0)