Ma’lum qilinishicha, Rishton tumanida yashovchi fuqaro G.N. 21-fevral kuni voyaga yetmagan farzandlari Sh.X. va I.X. bilan yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Qidiruv tadbirlari davomida, ushbu kuni voyaga yetmagan Sh.X.ning murdasi Katta Farg‘ona kanalining Bag‘dod tumanidan oqib o‘tgan qismidan topilgan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holatda bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, ushbu holatni kelgusida tergov yo‘li bilan tekshirib, aniqlik kiritish maqsadida Jinoyat kodeksning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish bilan bir qatorda, bedarak yo‘qolgan G.N. va uning bir nafar farzandini topish yuzasidan barcha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.