Oʻzbekistonda 5-6 balli zilzila qayd etildi

Bugun, 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu zilzila kuchi O‘zbekiston Respublikasi hududida ham sezildi.

 

Zilzila koordinatalari: 36,41 gradus shimoliy kenglik; 70,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,6. Chuqurlik 220 km.

 

   O‘zbekiston hududidagi silkinishlar kuchi:

  • Surxondaryo viloyati: 5−6 ball, 342 km
  • Farg‘ona viloyati: 5 ball, 447 km
  • Sirdaryo viloyati: 5 ball, 493 km
  • Jizzax viloyati: 5 ball, 496 km
  • Andijon viloyati: 5 ball, 500 km
  • Samarqand viloyati: 5 ball, 504 km
  • Namangan viloyati: 5 ball, 514 km
  • Qashqadaryo viloyati: 5 ball, 532 km
  • Toshkent: 5 ball, 561 km
  • Navoiy viloyati: 5 ball, 639 km
  • Buxoro viloyati: 5 ball, 684 km
  • Xorazm viloyati: 4-5 ball, 1060 km
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 4 ball, 1184

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sarosimaga tushmaslikni va vahimaga berilmaslikni so‘rab qoladi. Ba’zi-ba’zida shunday zilzilalar respublikamiz hududida kuzatilib turadi, deyiladi vazirlik xabarida.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

BO`LIMLAR

Soʼnggi yangiliklar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash