OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi.
O‘zbekiston interpol milliy markaziy byurosi Shimoliy Makedoniyadagi hamkasblari bilan birga yirik miqdordagi pullarni o‘g‘irlaganlikda gumon qilinib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxsni ushladi. U barcha harakatlarini Yevropa davlatlarida amalga oshrirgan.
Ushlangan erkak xorijiy hamkasblarga topshirildi. Yaqin vaqtlarda u sud oldida javob beradi.