Tadbirkor Murod Nazarovning deputatlik vakolati tugatdi.

Oʼzbekistonlik taniqli tadbirkor, “Murad Buildings” kompaniyasi asoschisi va rahbari Murod Nazarov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligidan ketdi. Kecha, 5 aprelь kuni shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʼjaev deputatlik mandatini tugatish toʼgʼrisidagi tegishli qarorni imzolagan.

“Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga 39-Qozirobod saylov okrugidan saylangan deputat Nazarov Murodjon Taxirjanovichning oʼz arizasiga koʼra deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin”, deyiladi qarorda.

Qaror bilan Murod Nazarov xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat koʼrsatish masalalari boʼyicha doimiy komissiyasi tarkibidan ham chiqarildi.

Murod Nazarovning deputatlik mandati tugatilgani haqidagi qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov oʼtkazuvchi shahar saylov komissiyasiga yuborilgan.

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash