Hindistonda “omicron” shtammining yangi mutatsiyasi aniqlandi.

Hindistonda XE koronavirusining “omicron” shtammining yangi kichik turi bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bemor Mumbay shahrida aniqlangan. Bu haqda “Hindustan Times” xabar bergan.

“Yangi variant rekombinant shtammi boʼlib, avval aniqlangan BA.1 va BA.2 “omicron” shtammlarining gibrididir”, deyiladi xabarda.

XE shtammi birinchi marta joriy yilning 19 yanvar kuni Buyuk Britaniyada aniqlangan. JSSTning taʼkidlashicha, dastlabki maʼlumotlarga koʼra, koronavirusning yangi varianti “hozirgacha aniqlanganlar ichida eng yuqumli” boʼlishi mumkin.

Qayd etilishicha, hozirgacha ushbu kichik tur bilan “600 dan ortiq boʼlmagan infektsiya” holati tasdiqlangan.

Аlomatlari:

Simptomlar baʼzilar uchun yengil, boshqalar uchun ogʼir boʼlishi mumkin. Eʼtibor berish kerak boʼlgan baʼzi alomatlarga isitma, tomoq ogʼrigʼi, tomoqning qichishi, yoʼtal, terining rangi oʼzgarishi, oshqozon-ichak traktining buzilishi va boshqalar kiradi. Charchoq va bosh aylanishi dastlabki alomatlar hisoblanadi. Аmmo hid va taʼmni yoʼqotish kabi koronavirusning eng koʼp uchraydigan alomatlari yangi variant bilan kasallangan odamlarda kamdan-kam hollarda qayd etiladi.

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash