Bugun taxririyatimizga Jizzax viloyatidan murojaat kelgan. Ushbu ko’rsatuv keng tarqalishi uchun o’z hissangizni qo’shasiz degan umiddaman. ! Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi Tajiboyev Hasanning bizga takidlashicha, Zomin tumanida joylashgan yaylov maydonidan T.H bir necha vaqtlar davomida ijarachi sifatida foydalanib kelgan. Ammo o’sha yaylovni 3 tadbirkor sotib olgan, natijada chorvachi T.H yersiz qolgan. T.Hning hozirda yer noqonuniy sotilgani, hatto hujjatlari ham yo’q deb o’zining norozi ekanligini bildirmoqda. Tadbirkorlardan tegishli hujjatlarni talab qilayotgan chorvachi, yer sotilish jarayonida korrupsiya arashganini qayta takrorlamoqda. Mas’ul mutasaddilar esa aniq bir xulosani bermasdan mudom gapni aylantirishadi deydi bizga murojaat qilayotgan Tojiboyev Hasan. Voqea aslida qanday bo’lgan, murojaatchini aynan nima qiynayapti o’zidan eshitamiz.
Tomonlarning aytishi bo’yicha masala tez kunda qonun doirasida ijobiy hal qilinadi. Biz hech kim tomonida emasmiz maqsadimiz muammolarni tegishli joylarga ko’rsatish xolos. Hal qilib berish vakolatimizga kirmaydi. Sizda ham muammolar bormi, unga hech kim ahamiyat qaratmayaptimi, ekranda ko’rinib turgan raqamlarga qo’ng’iroq qiling va biz esa vakolatimiz doirasida yoritib berishga harakat qilamiz. Siz bilan jurnalist Mohirbek Qo’ziyev bo’ldi. Xayr, salomat bo’ling!