Bugun, 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu zilzila kuchi O‘zbekiston Respublikasi hududida ham sezildi.
Zilzila koordinatalari: 36,41 gradus shimoliy kenglik; 70,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,6. Chuqurlik 220 km.
O‘zbekiston hududidagi silkinishlar kuchi:
- Surxondaryo viloyati: 5−6 ball, 342 km
- Farg‘ona viloyati: 5 ball, 447 km
- Sirdaryo viloyati: 5 ball, 493 km
- Jizzax viloyati: 5 ball, 496 km
- Andijon viloyati: 5 ball, 500 km
- Samarqand viloyati: 5 ball, 504 km
- Namangan viloyati: 5 ball, 514 km
- Qashqadaryo viloyati: 5 ball, 532 km
- Toshkent: 5 ball, 561 km
- Navoiy viloyati: 5 ball, 639 km
- Buxoro viloyati: 5 ball, 684 km
- Xorazm viloyati: 4-5 ball, 1060 km
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 4 ball, 1184
O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sarosimaga tushmaslikni va vahimaga berilmaslikni so‘rab qoladi. Ba’zi-ba’zida shunday zilzilalar respublikamiz hududida kuzatilib turadi, deyiladi vazirlik xabarida.