Oʼzbekistonda haydovchilik huquqini olishga toʼsqinlik qiluvchi kasalliklar roʼyxati tasdiqlanadi. Mazkur kasalliklar roʼyhati yoʼl harakatini tashkil etish bilan bogʼliq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan “Yoʼl harakatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi yangi qonun loyihasida aks etgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboev maʼlum qildi.
Deputatga koʼra, qonun loyihasida yoʼl harakatini tashkil etishning asosiy printsiplari etib quyidagilar belgilanmoqda:
• fuqarolar manfaatlarining ustuvorligi;
• yoʼl harakatini tashkil etish boʼyicha faoliyat va tadbirlarning tizimliligi;
• ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi;
• piyoda va velosiped harakatlanishi uchun sharoit yaratish;
• ochiq va jamoatchilikni oʼz vaqtida xabardor etish.
Qayd etilishicha, ushbu qonun asosida “Yoʼl harakati xavfsizligi toʼgʼrisida”gi qonunga ham oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, jumladan quyidagilarni belgilash nazarda tutilgan:
• Haydovchilik huquqini olishga toʼsqinlik qiluvchi kasalliklar roʼyxati;
• Haydovchilik huquqini olgandan keyin transport vositasini boshqarishga toʼsqinlik qiluvchi kasalliklar roʼyxati.