O‘zbekistonda 14-mart, dushanba kuni soat 11:29 da zilzila qayd etildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Yerosti silkinishlarining epimarkazi Toshkentdan 126 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,7 ballni tashkil etgan. Toshkent viloyatida zilzilaning sezilish kuchi 2 ballni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda zilzila oxirgi marta 1-mart kuni qayd etilgandi — magnitudasi 3,5 ball.