Avvalroq yevropaliklar va amerikaliklar O‘zbekiston orqali Rossiyani tark etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Biroq rossiyaliklar ham boshqa davlatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ketishga qiziqish bildirmoqda.
Xuddi shunday holat Yandex’da ham kuzatilmoqda – rossiyaliklar O‘zbekistonga ko‘chib o‘tish uchun viza kerak yoki kerak emasligiga, bu yerga kelish va yashashga qiziqish bildirishmoqda:
Ko‘chib o‘tishga bo‘lgan qiziqish
Ushbu qiziqishlar turizm bilan emas, balki ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq ekanligini boshqa faktlar ham tasdiqlaydi.
Masalan, Telegram’da “O‘zbekistonga ko‘chish” nomli kanallar paydo bo‘lib, u yerda O‘zbekistonga qanday qilib ko‘chib o‘tish mumkinligi, aynan nimalarga e’tibor qaratish, turar joy topish, mamlakatdagi narxlar va yana ko‘plab boshqa mavzular haqida gapiriladi.
Bundan tashqari, nafaqat Rossiya, balki mahalliy ommaviy axborot vositalari ham O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan rossiyaliklar haqida gapirishgan.
Avvalroq sanksiyalar ostida qolgan rossiyaliklar O‘zbekistondan ko‘chmas mulk sotib olishni boshlayotgani haqida xabar berilgan edi.