Asalhoney nomi bilan tanilgan Asal Xo‘jayeva Toshkentdagi uyida o‘lik holda topilgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
.
Aniqlanishicha, uning murdasi 18-mart kuni Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi uyda qotillik alomatlari bilan topilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xabarda tekshiruv natijalati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan, gumonlanuvchilar haqida ma’lumot keltirilmagan.