Аdliya vazirligi fuqarolar huquqbuzarliklar haqida xabar berib qancha mukofot puli olishlari mumkinligi haqida maʼlumot berdi.
Vazirlik quyidagi holatlar uchun mukofot borligini maʼlum qildi. Xususan:
– yoʼl harakati qoidalariga oid huquqbuzarliklar toʼgʼrisida ejarima portali orqali xabar beriladi va BHMning 5 foizi (13 ming 500 soʼm) miqdorida
– daraxt va butalarni noqonuniy kesish va shikastlashga oid huquqbuzarliklar toʼgʼrisida Davlat ekologiya qoʼmitasiga xabar beriladi va BHMning 1 baravarigacha (270 ming soʼmgacha) miqdorida
– litsenziyasiz yoki ruxsatnomasiz, xabarnoma yubormasdan shunday hujjatlar talab qilinadigan faoliyat bilan shugʼullanganlik toʼgʼrisida litsenziya, ruxsatnoma berish vakolatiga ega organlarga (masalan, xususiy notariuslar boʼyicha Аdliya vazirligiga) xabar beriladi va undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida
– korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar toʼgʼrisida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar beriladi, huquqbuzarlik turidan kelib chiqib BHMning 7 baravarigacha (1 mln 890 ming soʼmgacha) miqdorda
– xarid cheklarni bermasdan tovar sotganlik va xizmatlar koʼrsatganlik toʼgʼrisida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar beriladi va jarimaning 20 foizi miqdorida
– davlat moliyaviy nazoratiga oid qoidabuzarliklar toʼgʼrisida “Davlat auditi” tizimi orqali xabar beriladi va undirilgan jarimalardan kelib chiqib mukofot pullari toʼlanadi.