Oʼzbekiston yengil avtomobillarni asosan qaysi mamlakatlardan olib kelishi maʼlum boʼldi. Bu haqda Davstatqoʼm xabar qildi.
Qoʼmita maʼlumotiga koʼra, 2022 yilning yanvarь-fevral oylarida yengil avtomobillar asosan Xitoydan (3436 avtomobil) import qilingan. Undan soʼng Janubiy Koreya (1512 avto) ekani maʼlum boʼldi. Yetakchi uchlikdan Qozogʼiston ham joy olgan. Ushbu davlatdan 502 ta avto import qilingan.
Qoʼmitaning qoʼshimcha qilishicha, yanvar-fevral oylarida Oʼzbekiston 18 ta davlatdan 5948 ta avto import qilgan.