Bir qator boshqa davlat korxonalari xususiylashtirish boshlanishidan oldin transformatsiyadan oʼtishi kerak. Xususan:
➖ 2022 yil 1 mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2022 yil yakuniga qadar “Oʼzbekneftgaz” АJning, shu jumladan, aktsiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, “Issiqlik elektr stantsiyalari” АJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish ishlari boshlanadi;
➖ 2022 yil 1 sentyabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida «Oʼzbekgidroenergo» АJni isloh qilish strategiyasi tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Bunda, yangi kichik va oʼrta gidroelektrostantsiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi;
➖ 2022 yil 1 sentyabrga qadar “Uzbekistan airways” АJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushining savdoga chiqarilishini, shu jumladan, aktsiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlari boshlanadi;
➖ 2022 yil 1 avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsulьtantlarni jalb etgan holda, “UzAuto Motors” АJ aktsiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirsin (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushini hamda “UzAuto Motors Powertrain” АJ, “Samarqand Avtomobil zavodi” MChJni strategik investorlarga sotish strategiyasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.