Oʼzbekiston ham Rossiyaga qoʼyilgan АQSh va Gʼarb sanktsiyalari foniga oʼzaro tovar ayirboshlashni rublda amalga oshirishni boshladi. Xususan, Rostovdagi gilam ishlab chiqaruvchi «Shaxinteks» kompaniyasi Yeropalik yetkazib beruvchilarni almashtirib, Oʼzbekistonning kompaniyasi bilan rubl hisob-kitoblariga oʼtdi. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni Rostov viloyati hukumatining Telegram -kanalida xabar berildi.
Rostovdagi «Shaxinteks» gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Yevropa yetkazib beruvchilar oʼrnini bosuvchi, ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo yetkazib beruvchiga aylangan Buxorodagi kompaniya bilan qoʼshma loyihani yoʼlga qoʼydi. Tomonlar oʼzaro hisob-kitoblarda rublga oʼtishga kelishib oldilar”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, “Rostselьmash” OАJ Oʼzbekistondagi Chirchiq qishloq xoʼjaligi mashinasozligi zavodi bilan birgalikda gʼalla va yem-xashak oʼrish kombaynlari, traktorlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirdi.
Hisobotda shuningdek, pestitsidlardan foydalanishni 70 foizgacha kamaytiradigan oʼgʼit ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi “Urojay XXI” Oʼzbekistonda “Аgro Urojay” shoʼba korxonasini ochgani qoʼshimcha qilingan.
Taʼkidlanishicha, Rostov kompaniyasining oʼgʼitlari mahsulot tannarxini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, bu esa oʼzbekistonlik qishloq xoʼjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun foydalidir.