Rossiya poytaxtidagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ishlayotgan bino tomi qulab tushishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Moskva shahridagi Brigadirsk ko‘chasidagi binolardan birida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari vaqtida bino tomi qulab tushdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, ta’mirlash ishlarida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bo‘lgan.

Hodisa oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik E.N. halok bo‘lgan va bir nafar fuqaro — M.X. hozirda shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirgi vaqtda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.