O’zbekistonda Ramazon hayitini nishonlash kuni belgilandi.

Prezidentning «Ramazon hayitini nishonlash to’g’risida»gi qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan, Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may – dushanba kuniga to’g’ri kelishi to’g’risida O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022 yil 2 may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo’yicha qo’mita, Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti xalqning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o’tkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Turizm va madaniy meros vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun muborak Ramazon hayiti kunlarida mo»tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarini tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratadi. Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog’liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etiladi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vaziri Abdulla Aripov va Prezidentning maslahatchisi zimmasiga yukladi.

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash