Ularga koʼra, joriy yilning 8-may kuni Kavkaz mintaqalaridan nam va nisbatan salqin havo Oʼzbekistonning shimoliy hududlariga, 9-11-may kunlari esa butun respublika hududiga kirib keladi.
• 8-may kuni Qoraqalpogʼiston, Xorazm viloyatida 9—11-may kunlari respublika boʼylab qisqa muddatli yomgʼir yogʼadi, momaqaldiroq boʼlishi mumkin, xususan:
• 9-may kuni Qoraqalpogʼiston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
• 10-may Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
• 10—11-may kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Fargʼona vodiysi viloyatlarida kuchli yomgʼir yogʼishi mumkin.
Bundan tashqari, 8—10-may kunlari respublika boʼylab baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, shimoliy va choʼl zonasida 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi hududlarda shamol kuchayi, chang toʼzon kuzatilishi mumkin.
10—11-may kunlari havo harorati kunlik 20—25° gacha pasayadi.