“Paxtakor” va “Bunyodkor” foyda keltirmaydigan klublar boʼlib chiqdi.

Davlat aktivlari agentligi davlat korxonalarining moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Zarar koʼrgan korxonalar orasida poytaxtning ikkita futbol klubi ham bor edi.

«Paxtakor» va «Bunyodkor» oʼtgan yilgi hisobotlarga koʼra zarar koʼrgan jamoalar deb topildi. “Bunyodkor” 2021 yilni 27 milliard soʼm zarar bilan yakunladi. “Paxtakor” 30,3 milliard soʼm moliyaviy zarar koʼrdi.

Qayd etish kerakki, “Paxtakor” 2020 yilda ham zarar koʼrdi. Oʼshanda poytaxt jamoasi 82,7 milliard soʼm zarar koʼrgan. Bungacha klub toʼliq poytaxt hokimligi tasarrufiga oʼtgandi. 2021-yil oxirida “Paxtakor” futbolchilar, murabbiylar shtabi va menejerlarning maoshi uchun yiliga 50 milliard soʼm sarflayotgani maʼlum boʼlgan edi. Jamoa SFI Management Group boshqaruvidan ketgach, jamoaning eng koʼp maosh oluvchi legioneri Eren Derdiyok bilan xayrlashdi. Shveytsariyalik futbolchining maoshi yiliga 16 milliard soʼmni tashkil qilgan.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

BO`LIMLAR

Soʼnggi yangiliklar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash