Oʼzbekistondagi ayrim “zapravka”larda benzin ohirigacha quyilmayotgani maʼlum boʼldi.

Oʼzbekistondagi ayrim “zapravka”larda benzin ohirigacha quyilmayotgani maʼlum boʼldi.


Oʼzbekistonda 25-28 may kunlari 117 ta yoqilgʼi quyish shoxobchalarida mahsulotlar savdosi amalga oshirilishi tekshirildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʼra, umumiy hajmi 393 ming litr boʼlgan yoqilgʼilarni sotishda turli qonunbuzarliklar aniqlangan. Maʼlum boʼlishicha, 230 ming litr neft mahsulotlari sifat standartlariga javob bermaydi. Shuningdek, 150 ming litr miqdorida neft mahsulotlari yetishmasligi va 13 ming litrdan ortigʼi aniqlangan.

Isteʼmolchilarga xizmat koʼrsatishda 43 ta holatda har 10 litr neft mahsulotlari uchun 10 dan 740 millilitrgacha yoqilgʼi toʼliq quyilmagani aniqlangan.

Shu bilan birga, yoqilgʼi quyish shoxobchalari faoliyatini tekshirishda aniqlangan 450 ga yaqin texnik va metrologik kamchiliklar maqbul deb topildi. Eng koʼp huquqbuzarliklar Аndijon viloyati, Surxondaryo viloyati, Toshkent viloyatida aniqlangan.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash