Sirdaryoda narkabaronlar qo`lga tushdi.

Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahri hududida giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi tabletkalarning noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi deb ma`lumot bermoqda IIV.

Tezkor tadbir davomida, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi Z.B boshqaruvidagi “Nexia 2” rusumli avtotransport vositasi Guliston shahriga olib kiruvchi avtomashinalar harakatlanuvchi koʻprik yaqinida toʻxtatilib, ushbu avtotransport vositasining saloni va yukxonasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish davomida avtomashinadan 1 dona qogʻoz parchasiga oʻralgan yashil rangli, oʻtkir hidli, marixuana giyohvandlik moddasiga oʻxshash modda borligi, Z.B yonida boʻlgan 2 dona gugurt qutisiga va 2 dona qogʻoz parchalariga oʻralgan taxminan ogʻirligi 6-7 gramm boʻlgan, yashil rangli, oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, quruq holdagi marixuana giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddalarni hamda kon valyutadan kesilgan holda 2 dona «Regapen 300 mg» nomli kuchli taʼsir qiluvchi tabletkalarni yoʻl chetidagi ariqqa uloqtirayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan toʻxtatilib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olindi.

Shuningdek, ushbu avtomashina orqa oʻrindigʻida yoʻlovchi sifatida kelayotgan Guliston shahrida yashovchi A.A ning yonida taʼqiqlangan buyumlar bor yoki yoʻqligi, xolislar ishtirokida tekshirilganda uning yonidan jami 76 dona «Zardeks 300 mg» nomli kuchli taʼsir qiluvchi tabletkalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash