Quvasoy shahrida xonadonida “marixuana” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi.

Fargʻona viloyatining Quvasoy shahrida 17-yanvar kuni VIIB TEQKB va shahar IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Ezgulik koʻchasida yashovchi I.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, mehmonxonasida Marixuana» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan deb xabar bermoqda IIV

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash