“Qamchiq”da yo‘lni tosh bosib qoldi.


Bugun, 15 mart kuni “Qamchiq” dovonidagi avtomobil yo‘lining bir qismiga tosh-tuproq massasi to‘kildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun soat taxminan 10:30 da “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga “Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining 71-kilometri va A-373-avtomobil yo‘li “Toshkent – Vodiy” yo‘nalishining 232,2 kilometrida yo‘l chetiga tosh-tuproq massasi tushgani bo‘yicha xabar kelib tushgan.

“Zudlik bilan voqea joyiga FVVning “Qamchiq” MQYOQB qutqaruvchilari va tegishli tashkilot xodimlari yetib borib, vaziyatni o‘rgandi. Hozirda hududda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari olib borilmokda”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yog‘ingarchilik mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida dovon yo‘lida qo‘shimcha yana 3 ta mexanizatsiyalashtirilgan post tashkil etilgan.

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash