“Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-avgustdan bosqichma-bosqich Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bir qator tuman darajasidagi idoralarga yuridik xizmat ko‘rsatiladi. Jumladan:
- mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
- qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
- turizm va madaniy meros bo‘limi;
- sportni rivojlantirish bo‘limi;
- oila va xotin-qizlar bo‘limi;
- davlat soliq inspeksiyasi;
- aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
- davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.
2022-yil 1-maygacha “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida Call-markaz tashkil qilinadi.
2022-yil 1-dekabrgacha viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklarga markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.