Joriy yilning yanvar-mart oylarida avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimi orqali 86,7 mlrd soʼmlik 40 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtoraqamlarning sotuvi oʼtgan yilga nisbatan son jihatdan 27 foizga, hajmi boʼyicha – 40 foizga oʼsgan. Sotilgan avtoraqamlarning oʼrtacha boshlangʼich va sotuv narxlari oʼrtasidagi tafovut 47 foizni tashkil qilgan.
Maʼlumot uchun, avtoraqamlarni onlayn-auktsionlarda sotilishidan kelib tushgan mablagʼlarning 80 foizi – Oʼzbekiston Davlat byudjetiga, 20 foizi – Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamgʼarmasiga yoʼnaltiriladi.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida Oʼzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2021 yilning I choragiga nisbatan 50,6 foizga va 2019 yilning mos davriga nisbatan esa qariyb uch marotabaga oʼsib, 26,7 trln soʼmni tashkil qilgan