Toshkentda isitish tizimi qachon oʼchirilishi maʼlum boʼldi.

1 apreldan Toshkent shahrida 2021-2022 yillardagi isitish mavsumi yakunlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga bahorgi iliq kunlar boshlangani va havo haroratining koʼtarilishi sabab boʼlgan.

“2022 yilning 1 aprelidan Toshkent shahrida 2021-2022 yillardagi isitish mavsumi yakunlanadi”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, 2021 yilda isitish mavsumi 7 aprel kuni yakunlangan.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

BO`LIMLAR

Soʼnggi yangiliklar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash