Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalarda 23–24-aprel kunlari avtomobil harakati cheklanadi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi.

Ma’lum qilinishicha, dam olish kunlari Toshkent shahridagi Xalqlar do‘stligi maydoni atrofida joylashgan ko‘chalarda sportchilar va havaskorlar orasida “Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati-2022” bo‘lib o‘tadi. Shu sababli musobaqa kunlarida qator ko‘chalar soat 06:00 dan 14:30 ga qadar yopiladi:

  • Furqat ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi va Seul ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Islom Karimov shohko‘chasining Furqat va Bunyodkor shohko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Bunyodkor shohko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi va Seul ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Seul ko‘chasining Bunyodkor shohko‘chasi va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi qismi.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni iltimos qilamiz”, — deyiladi xabarda.