Oʼzbekistonda shortikda mashina haydash taqiqlangani haqidagi maʼlumot rad etildi.
Аvvalroq ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi Matiz avtomashinasi haydovchisini toʼxtatib, uning tashqi koʼrinishiga izoh bergani videosi tarqalgan edi. Inspektor qisqa shimlarda mashina haydash taqiqlanganini aytib, buning uchun yoʼl harakati qoidalarida jazo borligini taʼkidladi.
Mavjud maʼlumotlarga koʼra, voqea 16 aprel kuni Fargʼona viloyatining Uchkoʼprik tumanida sodir boʼlgan. Huquq-tartibot idoralari videoga munosabat bildirdi.
Boshqarma yoʼl harakati qoidalarida haydovchilarning kiyinishi boʼyicha band yoʼqligini taʼkidladi. Vazirlik, shuningdek, inspektorga nisbatan rasmiy tekshiruv boshlanganini aytdi. Eslatib oʼtamiz, avvalroq Toshkent viloyatida haydovchi va YPX inspektorlari oʼrtasida janjal chiqqan edi.