Bugun, 10 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʼgʼrisida” qarori qabul qilindi.
Unga koʼra, Oʼzbekiston va Qozogʼiston hukumatlari oʼrtasida Kosmik fazoin tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik toʼgʼrisidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim 2021 yil 6 dekabrda Prezident Shavkat Mirziyoev Prezident Qosim-Jomart Toʼqaevning taklifiga binoan Qozogʼiston uyushtirgan davlat tashrifida poytaxt Nur-Sultonda imzolangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʼzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.