АQSh Oʼzbekiston DXX qoʼshinlariga 50 ta Toyota avtomobilini topshirdi.

АQShning Oʼzbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Oʼzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʼshinlariga 50 dona Toyota Hilux va Fortuner rusumli avtomashinalarni topshirdi. Bu haqda Аmerikaning respublikadagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Аvtomobillar АQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamgʼarmasi doirasida topshirildi. Qurollarni topshirish marosimida Davlat xavfsizlik xizmati qoʼmondoni oʼrinbosari polkovnik Baxtiyor Mansurov, Oʼzbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, avtomobillar 2,25 million dollarga baholangan va АQShning Oʼzbekistonga xavfsizlik doirasidagi yordamining bir qismidir.
Hamkorligimizning navbatdagi bosqichini nishonlashdan mamnunmiz va berilayotgan transport vositalari Oʼzbekiston davlat chegarasini qoʼriqlash, “yashil chegara”ni qoʼriqlash boʼyicha chegara qoʼshinlarining imkoniyatlarini yaxshilaydi va chegaradagi voqealarga tezkor javob berish imkonini beradi, deb umid qilamiz, dedi Rozenblum.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

BO`LIMLAR

Soʼnggi yangiliklar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash