Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar bermoqda. Xabarda aytilishicha, mikrohudud boʼyicha qabul jarayonlari 31 iyulga qadar davom etadi.
Umumtaʼlim maktablarining sharoitidan kelib chiqib, boʼsh oʼrinlarga mikrohududdan tashqari qoʼshimcha qabul jarayonlari 1-15 avgust kunlari amalga oshiriladi.
Toshkent shahri, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda, qolgan hududlar anʼanaviy shaklda (bevosita maktabda) amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun 2022-2023 oʼquv yilida 2015 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar tugʼilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.