Havo kemasi aviakompaniya ekipaj aʼzolari — Maksim Shulepin va Yevgeniy Nagay boshqaruvida Toshkentga olib kelingan, deya xabar bermoqda O‘zA.
Samolyotning maksimal uchish vazni 97 tonna, u 23 ming kg tijorat yuklarini tashiy oladi. Havo kemasi 188 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan, shundan 16 tasi biznes-klass, 172 tasi esa ekonom klass o‘rindig‘i hisoblanadi.
Xabar berishlaricha, mazkur samolyot Yevroosiyo qitʼasi bo‘ylab deyarli to‘la yuk bilan parvozlarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston poytaxtidan ancha uzoq bo‘lgan London, Seul, Kuala-Lumpur kabi yo‘nalishlarda qatnovni amalga oshira oladi.
Uzbekistan Airways parki hozirda 26 ta yo‘lovchi samolyotiga, jumladan, 12 ta Airbus laynerlari ega.