Jahon banki ekspertlarining dastlabki prognozlariga ko‘ra, Rossiyada iqtisodiy faollikning pasayishi va rublning AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishi hisobiga Markaziy Osiyo mintaqasiga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 25 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Xalqaro pul o‘tkazmalari qisqarishining eng yuqori sur’ati Qirg‘iziston (33 foiz), Ozarboyjon (23 foiz), Tojikiston (22 foiz) va O‘zbekistonda (21 foiz) kuzatilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Markaziy banki 2021 yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,1 milliard dollarni tashkil etgani haqida axborot bergan edi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.