O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov davolanish uchun xorijga jo‘nab ketgani ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Abdulaziz Komilov so‘nggi o‘n kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar oldi.
“Shifokorlarning konsilium xulosasiga ko‘ra, Abdulaziz Komilovning salomatligini yanada chuqurroq tekshiruvdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgani sababli ayni kunlarda vazir ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirmoqda”, — deyiladi xabarda.