Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining “Sitorai Mohi xossa” tarixiy muzey majmuasida qiz tovus paatlarini yulib olgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, videolavha yuzasidan o‘rganish ishlari olib obilgan. Tezkor surishtiruv harakatlari natijasida aniqlanishicha, 26-mart kuni G‘ijduvon tumanida yashovchi N.T. ismli shaxs ikki nafar voyaga yetmagan qarindoshlari O.X. va S.X.lar bilan Buxoro shahridagi “Sitorai Mohi xossa tarixiy muzey majmuasiga sayohatga kelgan. O.X. muzey hovlisida yurgan tovusning ikki dona patini yulib olgan.
Holat yuzasidan voyaga yetmagan O.X.ning onasi G.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.