Qashqadaryoda tibbiyot xodimlari oʼgʼirlangan vaksinalarni sotayotganda ushlandi.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tibbiyot xodimlari oʼgʼirlangan koronavirusga qarshi vaksinalarni sotayotganda ushlandi.

Maʼlum boʼlishicha, Chiroqchida Koʼkdala oilaviy poliklinikasi hamshirasi va Аnnaruz shifoxonasi feldsheri oʼzaro til biriktirib, Covid 19ga qarshi vaksinani oʼzlashtirib olgan. Аyollar oʼzlashtirilgan vaktsinalarni 4600 dollarga sotayotganda ushlangan.

Ularga nisbatan JKning 167 moddasi 2 qismi “v” bandi bilan jinoiy ish qoʼzgʼatilgan.

Shu kunlarda ushbu holat yuzasidan sud boʼlib oʼtgan. Uning qaroriga koʼra, hamshira 1 yilga shifokorlik faoliyatidan chetlatilgan va BHMning 30 baravari miqdoridagi jarimaga tortilgan. Feldsher esa 2 yilga shifokorlik faoliyatidan chetlatilib, 2 yilga ahloq tuzatish ishlariga hukm qilingan.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash