Ma’lum qilinishicha, 2-aprel kunidan boshlab korxona Dushanbe—Termiz, Dushanbe—Denov hamda Panjikent—Samarqand yo‘nalishlarida tajriba-sinov tariqasida qatnovlarni amalga oshiradi:

  • Dushanbe—Termiz yo‘nalishida qatnov masofasi 251 kilometr bo‘lib, yo‘nalishni bosib o‘tishga 5 soat 40 daqiqa vaqt sarflanadi;
  • Dushanbe—Denov yo‘nalishi qatnov masofasi 107 kilometr, yo‘nalishga sarflanadigan vaqt 2 soat 25 daqiqani tashkil etadi;
  • Panjikent—Samarqand yo‘nalishi qatnov masofasi 64 kilometr bo‘lib, yo‘nalishga sarflanadigan vaqt esa 1 soat 25 daqiqa.