Oʼzbekistonda soʼnggi 80 yilda ilk bor Аyiqtovon turkumiga kiruvchi yangi tur kashf etildi. Ushbu noyob tur Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti olimlari tomonidan Surxondaryo viloyatining Boysun togʼlaridan topildi hamda unga “Ranunkulus tojibaevii” deb nom berildi.
Oʼzbekiston florasida Аyiqtovon (Ranunkulus) turkumga mansub boʼlgan mazkur turkumga kiruvchi eng oxirgi yangi tur 1941 yil aniqlangan boʼlib, “Ranunkulus vvedenskyi” deb nomlangan.
2022 yil 1 aprelda botanika sohasida mashhur jurnallardan biri “PhytoKeys” jurnalida mazkur yangi oʼsimlik turiga bagʼishlangan maqola chop etildi.