22 yoshli yigit metro poyezdi yo‘lagiga o‘zini tashladi.

Bugun, 14 aprel kuni «Toshkent metropoliteni»ning «Pushkin» bekatida 22 yoshli yigit o‘zini poyezd yo‘lagiga tashladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabvr berdi.

Qayd etilishicha, metropolitenning «Pushkin» bekatida 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro qasddan o‘zini poyezd yo‘lagiga tashlagan. Bu vaqtda poyezdlar harakati 5 daqiqaga to‘xtatilgan va mashinistning tezkor to‘xtashi natijasida fuqaro omon qolgan.

“Mashinistning tezkor to‘xtashi natijasida yo‘lovchi omon qoldi va Ichki ishlar hamda metropoliten xodimlari tomonidan hech qanday jarohatsiz qutqarib olindi”, deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash