Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Norin tumanida IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida avtomashina egasi qonuniy talabga bo‘ysunmay, inspektorga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ta’kidlanishicha, hozirda tuman IIB tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilmoqda.