Zelenskiy Rossiya bilan ehtimoliy tinchlik shartnomasini aytdi.

Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi ikki alohida hujjatdan iborat bo‘lishi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida.

«Ulardan biri Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, ikkinchisi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarga tegishli”, – deya davlat rahbarining so‘zlarini keltiradi «Ukrainska pravda”.

Rossiya hamma narsa bu masalalarni qamrab oladigan yagona hujjatda bo‘lishini xohlaydi, dedi Zelenskiy.

«Biroq, hamma ham o‘zini Rossiya Federatsiyasi bilan bir muzokara stolida ko‘rmaydi. Ular uchun Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bir masala, Rossiya Federatsiyasi bilan kelishuvlar esa boshqa masala”, — degan Ukraina prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat o‘zgarmoqda va odamlar «Buchada nima bo‘lganini ko‘rishgan”.

24 fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan keyin Rossiya va Ukraina delegatsiyalari muzokaralarning bir necha raundini o‘tkazdi, so‘nggi yuzma-yuz uchrashuv 29 mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

BO`LIMLAR

Soʼnggi yangiliklar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash