Rossiyadan neft mahsulotlari ortilgan birinchi blok-poyezd O‘zbekistonga keldi.

 

 

O‘zbekistonga Rossiyadan neft mahsulotlari bo‘lgan birinchi konteyner blokli poyezd yetib keldi. Bu haqda “O‘zjeldorkonteyner” logistika kompaniyasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Chuqursoy (Toshkent) stansiyasiga Pridacha (Voronej) stansiyasidan fleksitankli blokli poyezd yetib keldi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Poyezd joriy yilning 11 aprel kuni jo‘nab ketgan va olti kun davomida yo‘lda bo‘lgan. Blokli poyezdda yigirma futlik 70 ta fleksitank konteynerlari bo‘lib, ularning har biriga 21,5 tonna neft mahsulotlari ortilgan.

Fleksitank — suyuq yuklarni tashish uchun ishlatiladigan bir martalik moslashuvchan konteyner. “Fleksitank” texnologiyasi Rossiyaning “Yevropak-Yug” logistika kompaniyasi tomonidan patentlangan.

Joriy yilning mart oyida “O‘zjeldorkonteyner” va “Yevropak-Yug” Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida konteynerli yuk tashishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olgan. Moslashuvchan konteynerlar yordamida oyiga ikki yoki uchta yetkazib berish rejalashtirilgan.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

BO`LIMLAR

Soʼnggi yangiliklar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash