Prezident Toshkent hokimini qatʼiy ogohlantirib, 2 nafar hokim va 14ta hokim oʼrinbosarlarini ishdan oldi.


Аyni vaqtda Shavkat Mirziyoev aisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʼilishi oʼtkazilmoqda.

Unda mahalla tizimdagi oqsoqliklar qatʼiy tanqid qilindi.
“Hali 40 foiz mahallada hokim yordamchilarining ishida natija koʼringani yoʼq.

Misol uchun, 450 ta mahallada ishsizlik darajasi 20 foizdan yuqori.

Bunday mahallalar soni Toshkent viloyatida – 59 ta, Fargʼonada – 52 ta, Аndijonda – 45 tani tashkil etib, qolgan hududlardan koʼp”, dedi Prezident.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimi, birinchi oʼrinbosari va soliq boshligʼi qatʼiy ogohlantirildi. Fargʼona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1-oʼrinbosarlari lavozimiga loyiqligini koʼrib chiqish topshirildi.

Shuningdek:

– Oltinkoʼl tumani, Zarafshon shahri hokimlari;

– Bekobod, Oqqoʼrgʼon, Kosonsoy, Nishon, Izboskan, Qoʼrgʼontepa, Shovot, Toʼrtkoʼl, Tomdi, Toʼraqoʼrgʼon, Qumqoʼrgʼon, Fargʼona tumanlari, Navoiy, Kattaqoʼrgʼon shaharlari hokimlarining 1-oʼrinbosarlari;

– Karmana, Forish tumanlari prokurorlari;

– Yangier, Shahrisabz shaharlari, Forish tumani IIB boshliqlari;

– Nurota, Muzrabot, Shahrisabz, Mirzachoʼl tumanlari soliq boshliqlari;

– respublikadan 11 nafar vakil lavozimidan ozod etildi.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash