Turkiya Rossiya samolyotlari uchun osmonini qisman yopdi.


Turkiya Suriyaga uchayotgan Rossiya harbiy va fuqarolik samolyotlari uchun havo hududini yopdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʼgʼli maʼlum qilgan.

Uning soʼzlariga koʼra, Turkiya Rossiyaga har uch oyda bir marta ruxsatnomalar bergan, ikkinchisi esa aprelda tugagan. Vazirning soʼzlariga koʼra, oʼshandan beri parvozlar toʼxtatilgan.

Qayd etilishicha, ruxsatnomalar endi uzaytirmaslikka qaror qilingan. Biroq, vazir buning sababini tushuntirmagan.

Аytish joizki, Turkiya Ukrainaga bostirib kirishi sababli Rossiyaga qarshi joriy qilingan Gʼarb sanktsiyalariga qoʼshilmadi. Shu bilan birga, mamlakat bir necha bor Ukraina va Rossiya oʼrtasidagi muzokaralarda vositachi boʼlgan.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

BO`LIMLAR

Soʼnggi yangiliklar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash