Poytaxt IIB maʼlumotlariga koʼra, aprel oyi oʼrtalarida vijdonsiz yetkazib beruvchilar kasal hayvonlarning yarim tonna goʼshtini Toshkentga olib kirishga uringan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan xavfli yuk ortilgan yuk mashinasi qoʼlga olindi. Tekshiruv vaqtida haydovchi oʼzini shubhali tutgan. Shundan soʼng yuk mashinasidan kelib chiqishi nomaʼlum boʼlgan 500 kilogrammga yaqin goʼsht topilgan.
Maʼlum qilinishicha, goʼsht yaroqsiz sharoitda muzlatgichlarsiz yuk mashinasining iflos poliga karton yoyilgan holdi tashilgan. Ekspertiza natijalariga koʼra, goʼsht isteʼmol qilish uchun yaroqsiz va shunchaki xavfli ekanligi aniqlangan.
Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi goʼsht kasal hayvonlarni soʼyish natijasida olinganini maʼlum qildi. Yuk mashinasi haydovchisining soʼzlariga koʼra, u goʼsht sifati haqida bilmagan va faqat tashish bilan shugʼullangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar IIBB poytaxt aholisiga goʼsht mahsulotlarini xarid qilishda ehtiyot boʼlishni va sotuvchidan sifat sertifikatini talab qilishni tavsiya qilgan.