Namanganning bank xodimlari yirik miqdordagi kreditlarni talon-taroj qilgan.


Namanganning ikkita tumanida bank xodimlari yirik miqdordagi kreditlarni talon-taroj qilgani maʼlum boʼldi
Namangan viloyatining ikkita tumanida bank xodimlari yirik miqdordagi kreditlarni talon-taroj qilgani maʼlum boʼldi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Maʼlum boʼlishicha, Chortoq tumanida tijorat bank masʼul xodimlari ikkita fermer xoʼjaligi va bitta MChJ rahbari bilan til biriktirib, 51 nafar fuqaro nomiga quyonchilik va chorvachilik yoʼnalishida ajratilgan 1,3 mlrd soʼm imtiyozli kredit mablagʼini talon-toroj qilgan.
Shuningdek, Mingbuloq tumanida bankning sobiq mansabdorlari MChJ rahbari bilan til biriktirib, 8 nafar fuqaroga tikuvchilik yoʼnalishida ajratilgan 143,2 mln soʼm imtiyozli kredit mablagʼini MChJ hisob-raqamiga oʼtkazishga erishib, fuqarolarga mahsulotlarni yetkazib berilmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan JKning 167-moddasi (oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilgan. Tergov olib borilmoqda.

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash